» » Andijonda homilador xotinini o‘ldirgan erkak 17 yilga qamaldi

Andijonda homilador xotinini o‘ldirgan erkak 17 yilga qamaldi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudida oilaviy kelishmovchiliklar tufayli o‘z ota uyida yashayotgan turmush o‘rtog‘i M.U.ni qasddan o‘ldirgan buloqboshilik A.U.ga nisbatan nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda jurnalist Umidjon Mamarasulov xabar bermoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi sudyasi Erkinjon Ergashyevning ma’lum qilishicha, ochiq sud majlisida sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvohlar ishtirokida 1989-yilda tug‘ilgan, o‘rta ma’lumotli, Buloqboshi tumani, Kulla qishlog‘i, Yorboshi mahallasida yashagan A.U.ga nisbatan ochilgan jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan.

Unga ko‘ra A.U. oilaviy kelishmovchiliklar tufayli Xo‘jaobod tumani, Manak mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan ota uyida yashab kelayotgan turmush o‘rtog‘i M.U.ni oldiga borib, aliment to‘lovidan voz kechishini, yarashib birgalikda yashash istagi borligini aytgan. Biroq uning taklifi rad etilganidan so‘ng o‘rtada janjal chiqib, xotini uning hamiyatiga tegib vujudidagi homila unga tegishli emasligini, ushbu bola tug‘ilganidan so‘ng uning uchun ham aliment undirishini aytgan. Bundan g‘azablangan A.U. xona derazasi tokchasida turgan xo‘jalik pichog‘ini olib, M.U. ning chap ko‘krak oldi sohasiga, chap qo‘ltiq osti sohasiga, ko‘krak qafasi orqa yuzasi chap tomoniga bir necha marotaba urib, o‘ldiradi.

Sudlanuvchi A.U. sudda, aybiga to‘liq iqror bo‘lib, 2014-yil 23-noyabr kuni M.U. bilan turmush qurganini, 2015-yilning 3-avgust kuni qiz farzandli bo‘lishganini, dastlabki paytlarda yaxshi yashagan bo‘lsalar-da, lekin keyinchalik ko‘p janjallashadigan bo‘lib qolganlarini aytadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2017-yilning 16-dekabrida Toshkent shahriga ishlash maqsadida bormoqchi bo‘lgan. Ammo xotini uning do‘stlariga eri hech qayerga bormasligini aytgan. Shundan so‘ng o‘rtada janjal kelib chiqqan. M.U. shu kuni “sen erkak emassan, doim onangni tagiga berkinasan” deb haqorat qilib, o‘zidagi homilasida uni haqqi yo‘qligini, tug‘ilgandan so‘ng yuzini ko‘rsatmasligini ma’lum qilgan. Haqoratlar natijasida shapaloq yegan xotini ota uyiga ketib qolgan. M.U. 2018-yilning yanvar oyida aliment uchun ma’lumotnoma olish maqsadida mahallasiga kelganini eshitib, borib gaplashganida xotini qaynonasi bilan yashamasligi, alohida yashaydigan bo‘lsa yarashishini aytgan.

- Oradan bir necha kun o‘tganidan so‘ng mahalla faollari va qarindoshlari bilan birgalikda oilamni saqlab qolish uchun Manakka bordik, – deydi A.U. – Mahalla fuqarolar yig‘ini binosiga turmush o‘rtog‘im va qaynotam ham chaqirtirilgan edi. Rozi bo‘lishmadi. Bunday urinishlar bir necha bora bo‘lgan biroq harakatlarimiz zoye ketdi. O‘tgan yilning fevral oyida qaynotamni uyiga yana bordim. Avvaliga yaxshi gapirdim. Ammo xotinim tiliga nima kelsa gapirib, hamiyatimga tegdi. Ana shundan keyin jahl ustida o‘zim bilmagan holda shu ish yuz berdi. Bir muddat turgach o‘zimga kelib, tashqariga chiqib ariqdagi suvda qo‘llarimni yuvdim. Qilgan xatomni angladim va hudud profilaktika inspektorining xizmat xonasiga borib xotinimni o‘ldirib qo‘yganimni aytdim. Nafsoniyatimga tegmaganida ehtimol bu hodisa yuz bermasdi.

Sud A.U.ni O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi “b” bandi (homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolni qasddan o‘ldirish) bilan aybli deb topib, 17 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tkazish belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют