» » Xorazmda onasi va ukasini o‘ldirgan kollej o‘quvchisiga hukm o‘qildi

Xorazmda onasi va ukasini o‘ldirgan kollej o‘quvchisiga hukm o‘qildi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat sudida onasi va 5 yoshli ukasini o‘ldirgan kollej o‘quvchisi O.A. ga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Daryo”ga sud mutasaddilari ma’lum qildi.

Xorazm viloyatining Xonqa tumanida tug‘ilgan 17 yashar sudlanuvchi O.A. muqaddam o‘g‘rilik jinoyatini sodir etgan. Biroq tayinlangan jazodan tegishli xulosa chiqarmay, o‘ta og‘ir jinoyatga qo‘l urdi.

U 2018-yil 31-yanvar kuni uyida o‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida onasi G.T. ni g‘isht bo‘lagi bilan ukasining ko‘zi oldida boshiga bir necha marotaba urib, ro‘mol bilan bo‘ynidan bo‘g‘ib, qasddan o‘ldirgan.

So‘ng sodir qilgan jinoyatini yashirish maqsadida ukasi, voyaga yetmagan M.A. ni ham ro‘mol bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan.

Sudlanuvchi O.A. ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 97-moddasi (“Qasddan odam o‘ldirish”) tegishli bandlari bilan 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2018, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют