» » Kuvayt kompaniyasi Qashqadaryo viloyatiga investitsiya kiritish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi

Kuvayt kompaniyasi Qashqadaryo viloyatiga investitsiya kiritish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi


Qashqadaryo viloyatiga Kuvayt davlatining “Al-bader international development co.w.ll” ko‘p tarmoqli xalqaro kompaniyasi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari Bekzod Mamatqulov ma’lum qilmoqda.

Osiyo, Yaqin Sharq va Afrika davlatlarida mehmonxona, uy-joy va boshqa qurilishlar, tibbiyot komplekslari, zamonaviy informatsion texnologiyalar ishlab chiqarish, turizm kabi sohalarda faoliyat yurituvchi Kuvaytning ushbu nufuzli kompaniyasi viloyatni investitsiyaviy faoliyati uchun maqbul hudud sifatida tanlagan.

Viloyat hokimligi matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, delegatsiya vakillari viloyat hokimligida ko‘plab investitsion loyihalar taqdimoti bilan ham tanishgan.

“Uchrashuvdan so‘ng viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev va kompaniya bosh ijrochi direktori Doktor Ali Ramadon Mahmud kelajakda viloyatda investitsion loyihalarni amaliyotga tatbiq etish borasida ikki tomonlama muzokaralar olib bordi”, — deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют