» » YChL. “Lion”—“Barselona”, “Liverpul”—“Bavariya” uchrashuvlarida g‘olib nomi aniqlanmadi

YChL. “Lion”—“Barselona”, “Liverpul”—“Bavariya” uchrashuvlarida g‘olib nomi aniqlanmadi


19-fevral, seshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 finali doirasida 2 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Ernesto Valverde qo‘l ostidagi “Barselona” klubi safarda “Lion” bilan bahsga kirishdi.

O‘yin davomida darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi (0:0).

Endi kataloniyaliklar javob uchrashuvida o‘z maydonida “sherlar” bilan musobaqa 1/4 finali uchun jang qiladi.

Kunning ikkinchi o‘yini “Enfild” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda Yurgen Klopp boshliq “Liverpul” jamoasi Niko Kovach boshqaruvidagi “Bavariya” klubi bilan o‘ynadi. Mazkur to‘qnashuvda ham hisob ochilmadi.

Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finalchisi nomi Myunxen shahrida kechadigan javob uchrashuvida aniqlanadi.

YChL

1/8 final bahsi

19-fevral, seshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2019, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют