» » YChL. “Real” bugun “Ayaks” mehmoni bo‘ladi, “Tottenhem” esa “Borussiya D”ni qabul qiladi

YChL. “Real” bugun “Ayaks” mehmoni bo‘ladi, “Tottenhem” esa “Borussiya D”ni qabul qiladi


13-fevral, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichi doirasida 2 ta bellashuv bo‘lib o‘tadi.

Jumladan, “Tottenhem” jamoasi Londondagi “Uembli” stadionida “Borussiya Dortmund”ni qabul qiladi.

Amsterdam shahrida esa Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi, Madridning “Real” jamoasi “Ayaks”ga qarshi bahs olib boradi.

Ikkala bellashuv ham tungi soat 01:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, nimchorak final bahslariga 12-fevral kuni start berildi. Unda “Manchester Yunayted” jamoasi PSJga o‘z maydonida yutqazgan bo‘lsa, Rimning “Roma” klubi “Portu”ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alabani tantana qildi.

Yevropa Chempionlar Ligasi

1/8 final bahslari

13-fevral, chorshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-02-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют