» » YChL. Sulsher qo‘l ostida javlon urayotgan “Man Yunayted” Neymar va Kavanisiz qolgan PSJ bilan o‘ynaydi

YChL. Sulsher qo‘l ostida javlon urayotgan “Man Yunayted” Neymar va Kavanisiz qolgan PSJ bilan o‘ynaydi


12-fevral, seshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 final bahslariga start beriladi.

Nimchorak finalining markaziy to‘qnashuvlaridan birida Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostidagi “Manchester Yunayted” klubi o‘z maydonida Tomas Tuxel boshqaruvidagi PSJ jamoasi bilan bahsga kirishadi.

Qayd etish joiz, “mankunianlar” musobaqaning “H” guruhida 10 ochko to‘plagan holda 2-o‘rinda guruh bahslarini yakunlagandi. Parij klubi esa “C” guruhida 11 ochko bilan birinchi o‘rinni egallab, pley-offga chiqqandi.

Shu kuni Rimning “Roma” klubi “Olimpiko” stadionida “Portu” jamoasi bilan o‘ynaydi. Ikkala uchrashuv ham Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Eusebio di Franchesko shogirdlari guruh bahslari yakuniga ko‘ra “G” guruhida 9 ochko, Portugaliya klubi esa “D” guruhida 16 ochko jamg‘arib, 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.

Ma’lumot uchun, musobaqaning nimchorak final javob uchrashuvlari joriy yilning 6-mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Yevropa Chempionlar Ligasi

1/8 final bahslari

12-fevral, seshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют