» » O‘zbekistonda 2019-yilda yangi to‘lov tizimi to‘laqonli faoliyat yuritishi ta’minlanadi

O‘zbekistonda 2019-yilda yangi to‘lov tizimi to‘laqonli faoliyat yuritishi ta’minlanadi


To‘lov tizimi brendini yaratish maqsadida Markaziy bank tomonidan yangi tashkil etilayotgan to‘lov tizimi uchun nom tanlashga tanlovda aholi o‘rtasida o‘tkazilgan ovoz berish natijalari bo‘yicha “Humo” varianti 45,3 foiz bilan birinchi o‘rinni egallagandi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur to‘lov tizimini 2019-yil mobaynida to‘laqonli faoliyat yuritishini ta’minlash rejalashtirilmoqda, deya xabar beradi Spot.

Bugungi kunda “Humo” to‘lov tizimi uchun muhandislik infratuzilmalarini yaratish va bank kartalari, terminal qurilmalari, bankomatlar xarid qilish bo‘yicha ishlar ham parallel ravishda amalga oshirilmoqda.

Markaziy bank Axborotlashtirish Bosh markazi tarkibida Milliy banklararo protsessing markazini tashkil etish vazifasi belgilangan.

Qayd etilishicha, Milliy banklararo protsessing markazining muvaffaqiyatli ishga tushirilishi bank kartalariga asoslangan to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi chakana to‘lov tizimlari o‘rtasida raqobat muhitining paydo bo‘lishiga, to‘lov xizmatlaridan foydalanuvchilar uchun xizmatdan foydalanganlik uchun to‘lanadigan komission haq arzonlashishiga, ilg‘or texnologiyalarni qo‘llagan holda masofaviy naqd pulsiz hisob-kitoblar ko‘lamini oshirishga, bank kartalariga asoslangan chakana to‘lov tizimlari sonining ortishi bilan mamlakat to‘lov tizimida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan xatarlarni kamaytirishga xizmat qiladi.

2019-yil 1-yanvar holatiga 17 686 mingta bank plastik kartalari muomalada bo‘lib, 2018-yil mobaynida DUET tizimi bank plastik kartalari bilan bog‘liq loyihalarning tugatilganligi munosabati bilan umumiy soni qisqargan.

To‘lov terminallari soni esa 2019-yilning 1-yanvar holatiga 244 913 ta, bankomat va infokiosklar soni esa 6 859 tani tashkil etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 87) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют