» » Qarshida 10 yoshli bolani o‘ldirib, Damas va seyfni olib qochgan shaxs qo‘lga olindi

Qarshida 10 yoshli bolani o‘ldirib, Damas va seyfni olib qochgan shaxs qo‘lga olindi


6-mart kuni soat 15:30 larda Qarshi shahri Kat mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan uydan 10 yoshli o‘g‘il bolaning o‘tkir tig‘li jism bilan ko‘p marotaba jarohat yetkazilgan holdagi jasadi topilgan, deya xabar bermoqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.

Aniqlanishicha, noma’lum shaxs uni o‘ldirib, hovlida bo‘lgan Damas avtomashinasi hamda ichida pul va sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlari bo‘lgan temir sandiq (seyf)ni olib ketgan.

Qashqadaryo viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida avtomashina Mashrab ko‘chasi 17-uy oldida qoldirib ketilganligi aniqlangan.

Tezkor-qidiruv tadbirlar jarayonida mazkur mudhish jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi shaxs “Kasbi—Kogon” yo‘lida ketayotganida shu hududda xizmat olib borayotgan militsiya xodimi tomonidan qo‘lga olingan.

IIV axborotiga ko‘ra, qotillikni sodir etganlikda gumonlanayotgan shaxs Qarshi shahrida yashovchi, 1982-yilda tug‘ilgan shaxs bo‘lib chiqqan.

Uning uyidan temir sandiqning kesilgan qoldiqlari hamda sumkasidan jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan pullar, obligatsiyalar va sariq metalldan tayyorlangan zargarlik buyumlari daliliy ashyo sifatida olingan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-03-2017, 23:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют