» » Mehribonlik uylari va boshqa bir qator tashkilotlar Xalq ta’limi vazirligi tarkibiga kiritildi

Mehribonlik uylari va boshqa bir qator tashkilotlar Xalq ta’limi vazirligi tarkibiga kiritildi


Hukumat qarori bilan Xalq ta’limi vazirligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deya xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Nizomga muvofiq, bir qator qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari, oromgohlar, tahririyatlar, Mehribonlik uylari vazirlik tarkibiga kirishi belgilandi.

Umumiy o‘rta maktabdan tashqari ta’lim sohasida o‘quvchilarning ma’naviy axloqiy, intellektual va jismoniy rivojlanishi darajasini yanada yuksaltirishga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish vazirlikning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Nizom bilan vazirlik hamda uning hududiy boshqarma va bo‘limlarining vazifa va funksiyalari, huquq va majburiyatlari belgilandi.

Vazirlikka Bosh vazir taqdimnomasiga binoan Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod etiladigan vazir boshchilik qiladi.

Nizomga muvofiq vazirning besh nafar o‘rinbosari, jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri va hududiy bo‘linmalari rahbarlarini lavozimiga tayinlash va ozod etish bevosita vazir tomonidan davlat hokimiyati organlari roziligisiz amalga oshiriladi.

Shuningdek, vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholanib boriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют