» » Nursulton Nazarboyev: Hukumat iste’foga chiqishi kerak

Nursulton Nazarboyev: Hukumat iste’foga chiqishi kerak


Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev hukumat iste’foga chiqishi kerakligini ma’lum qildi. Bu haqda Oq O‘rda saytiga tayanib, TengriNews xabar bermoqda.

“Bugun mamlakatimiz uchun muhim qaror qabul qilmoqdaman. O‘tgan yillarda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat barqaror bo‘ldi. Bu, albatta, ijobiy holat. Biroq bu hozirgi vaqt uchun yetarli emas.

Iqtisodiyotning ko‘plab yo‘nalishlari bo‘yicha bir qator qonunlar qabul qilinganligiga qaramasdan, ijobiy o‘zgarishlarga erishilmagan. YaIM o‘sishiga asosan xom ashyo resurslari hisobidan erishilmoqda. Mahsuldor ish o‘rinlari, ayniqsa qishloq joylarda, yetarlicha yaratilmagan.

Aholining real daromadi oshmayapti. Oilalar budjetida oziq-ovqat mahsulotlari uchun xarajatlar ulushi oshib bormoqda.

Bunday sharoitlarda, men, Prezident va Konstitutsiya garovi sifatida, xalqimiz manfaatlarini hisobga olgan holda, quyidagi qarorni qabul qilaman. Hukumat iste’foga chiqishi lozim deb hisoblayman.

Hukumatning yangi rahbariyati hayot darajasini oshirish, iqtisodiyotni rag‘batlantirish, strategik vazifalarni amalga oshirish uchun amaliy choralarni ishlab chiqishi lozim”, — deyiladi davlat rahbari bayonotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2019, 19:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют