» » Moskva viloyatida avtobus Vladimir Putinning qarorgohiga borib urildi

Moskva viloyatida avtobus Vladimir Putinning qarorgohiga borib urildi


Moskva viloyatidagi Barvixa posyolkasida reys avtobusi Vladimir Putinning qarorgohi — Mayyendorf qo‘rg‘oniga “hujum qildi”. Bu haqda “MK.ru” xabar bermoqda.

Avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, katta tezlikda hashamatli kottejning darvozasiga borib urilgan.

Avariya 21-fevral kuni 05:30 da Rublyovo—Uspenskiy shossesida yuz bergan. Avtobusni 23 yoshli chechenistonlik Idris boshqargan. Uning haydovchilik staji uch yil bo‘lib, avtobus salonida hech kim bo‘lmagan.

Haydovchining o‘zi yo‘l politsiyachilariga ma’lum qilishicha, avtobusning tormozi ishlamay qolgan. U boshqaruvni yo‘qotib, avtobusni qarorgoh darvozalariga yo‘naltirib, to‘xtatishga qaror qilgan. Idrisning so‘zlarini eshitgan harbiylashtirilgan qo‘riqlov xizmati unga nisbatan hech qanday e’tiroz bildirmagan. Hodisa oqibatida bino fasadining tashqi bezagi, darvoza va avtobusning old oynasiga zarar yetgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют