» » Tatariston va O‘zbekiston hamkorlik bo‘yicha yangi kelishuv imzolaydi

Tatariston va O‘zbekiston hamkorlik bo‘yicha yangi kelishuv imzolaydi


Tatariston va O‘zbekiston hamkorlik bo‘yicha yangi kelishuv imzolaydi. Bu haqda Tatariston prezidenti Rustam Minnixanovning Bosh vazir o‘rinbosari, transport vaziri Ochilboy Ramatov bilan muzokaralari yakunida ma’lum bo‘ldi, deya xabar berdi “Podrobno.uz”.

Tatariston va O‘zbekiston o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 1993-yilda imzolangan bo‘lib, bugungi kunda yangi hujjatni tayyorlash yuzasidan ishlar olib borilmoqda.

Minnixanovga ko‘ra, hamkorlikdagi muhim loyihalar qatorida O‘zbekistonga shinalar, dizel yoqilg‘isi, aviakerosin, motor moylari yetkazib berish, Toshkent viloyatida KamAZ poligoni va servis markazi ochilishi bor.

Shuningdek, Tatariston mashinasozlik sohasida, O‘zbekistonga vertolyotlar, neftkimyo, qishloq xo‘jaligi texnikasi mahsulotlari yetkazib berilishini kengaytirishdan manfaatdor ekanligi bildirildi.

Uchrashuvda Tatariston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar aylanmasi 57 foizga oshib, 146 million dollarni tashkil etgani qayd etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 7) ( 0) ( 7) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют