» » OAV: KXDRning mingdan ortiq fuqarolari Malayziyada yashaydi, ularning ko‘pchiligi josuslik bilan shug‘ullanadi

OAV: KXDRning mingdan ortiq fuqarolari Malayziyada yashaydi, ularning ko‘pchiligi josuslik bilan shug‘ullanadi


KXDRning mingdan ortiq fuqarolari doimiy ravishda Malayziyada ishlaydi va yashaydi, ularning ko‘pchiligi razvedkachilik faoliyati bilan shug‘ullanadi. Bu haqda Malayziyaning BERNAMA davlat agentligi maxsus xizmatlardagi manbalariga tayanib ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Xususan, ko‘plab shimoliy koreyaliklar axborot texnologiyalari sohasida ishlaydi. “Ularning bir qismi KXDR razvedkasi tomonidan axborot yig‘ish uchun yollangani taxmin qilinmoqda”, — dedi agentlikning manbasi.

Bundan tashqari, shimoliy koreyaliklarning yana bir qismi sharqiy Saravak shtatida malayziyaliklar bilan hamkorlikda temir rudasini qazib olish biznesi bilan shug‘ullanadi. Ular ham vataniga Malayziyadan turli mahsulotlarni yetkazib berishga faol harakat qiladi.

Shu bilan birga, KXDRlik ishchilarning ko‘pchiligi ish haqini bevosita olmaydi: ish beruvchi pulni Kuala-Lumpurdagi elchixonaga ko‘chirib beradi. Shundan so‘ng diplomatlar o‘z maqomidan foydalanib, naqd pulni Pxenyanga chiqarib ketadi.

Опубликовано: admin (10-03-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют