» » 1-martga qadar respublika bo‘ylab “Harbiy vatanparvarlar” guruhi tuziladi

1-martga qadar respublika bo‘ylab “Harbiy vatanparvarlar” guruhi tuziladi


O‘zbekiston mudofaa vazirining buyrug‘iga ko‘ra, 1-mart kuniga qadar respublikaning harbiy qism va muassasalar joylashgan hududlarida “Harbiy vatanparvarlar” targ‘ibot guruhi tuzilib, ularning faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

“Harbiy vatanparvarlar” targ‘ibot guruhlariga hududlardagi harbiy qism va muassasalarning har tomonlama namunali, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikda yuqori natijalarga erishgan hamda yetakchilik sifatlariga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar kiritaladi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hududiy kengashlari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining hududiy bo‘limlari hamda ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) bilan kelishilgan holda targ‘ibot guruhlari tarkibiga ularning vakillari ham kiritilib, birgalikda yoshlar o‘rtasida keng qamrovli tushuntirish, targ‘ibot-tashviqot ishlari yo‘lga qo‘yiladi.

Mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil, jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilgan, uzoq muddatda xorijiy davlatlarda bo‘lib yashash manziliga qaytgan, ta’lim muassasasini tamomlab, ishsiz yurgan yoshlarni targ‘ibot guruhlarining hududlardagi tarbirlarda ishtirok etishi ta’minlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют