» » “Lokomotiv” OKMKni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritdi

“Lokomotiv” OKMKni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritdi


Bugun, 23-fevral kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida Superliganing o‘tgan yilgi chempioni “Lokomotiv” va 2018-yilgi O‘zbekiston kubogi sohibi OKMK klublari O‘zbekiston Superkubogi uchun maydonga tushdi.

Uchrashuvda “temiryo‘lchilar” safida Timurxo‘ja Abduholiqov (12) va Yovan Jokich (74) kiritgan gollarga olmaliqliklar Zafar Polvonovning 77-daqiqada kiritgan goli bilan javob qaytardi.

Shu tariqa Toshkent klubi Mirjalol Qosimov qo‘l ostidagi Olmaliqning OKMK jamoasini kichik hisobda mag‘lub etdi va O‘zbekiston Superkubogi sohibiga aylandi.

O‘zbekiston Superkubogi—2019

23-fevral, shanba

Gollar: 1:0 — 12 Abduholiqov, 2:0 — 74 Jokich, 2:1 — 77 Polvonov

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют