» » Shahram G‘iyosov meksikalik raqibini nokautga uchratdi

Shahram G‘iyosov meksikalik raqibini nokautga uchratdi


23-fevral, shanba kuni (Toshkent vaqti bilan 24-fevral tongida) professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shahram G‘iyosov (6 ta jang, 6 ta g‘alaba) o‘zining 7-jangini o‘tkazdi.

Meksikaning Tixuana shahrida o‘tkazilgan jangda o‘zbekistonlik bokschi meksikalik Edgar Puerta (25 ta g‘alaba, 11 ta durang, 1 ta mag‘lubiyat) raqiblik qildi. Jang 10 raunddan iborat bo‘lishi rejalashtirilgandi.?

Ammo Shahramning 5-raunddagi faolligi raqibining nokautga uchrashiga olib keldi va hakam jangni muddatidan avval yakunlashga qaror qildi. Natijada o‘zbekistonlik bokschi professional boksdagi 7-jangida nokaut evaziga g‘alaba qozondi. Puerto esa faoliyatidagi 2-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют