» » Yugurishda amal qilish kerak bolgan qoidalar

Yugurishda amal qilish kerak bolgan qoidalar


Yugurish butun kun uchun quvvat toplash yoki aksincha, ish kunidan song charchoqni tarqatish uchun ajoyib usul. Biroq bunda bazi muhim qoidalarga rioya qilish kerak, shundagina yugurish foyda va samara keltiradi.

Qadamni togri tashlang

Yugurishni yangi boshlaganlar ogirlikni butun oyoq kaftiga birdek taqsimlashga harakat qilishi kerak bu bogimlarga tushadigan yukni ancha kamaytiradi.

Qizib oling

Yugurishdan avval albatta tanangizni qizitib oling. Bunday tayyorgarliksiz yugurib ketish natijasida biroz masofadan song tizza yoki oyoq kafti bezovta qila boshlashi mumkin.

Tanangiz oldinga qarab ogishiga qoyib bering

Tana vazmin holatda turganida, uning harakati muvozanatning buzilishi bilan boshlanadi. Gravitatsiya tasiri ostida gavda oldinga qarab oga boshlaydi, yerga yiqilishdan uni tayanchning almashishi qutqaradi. U tayanchni qanchalik tez ozgartirsa, shunchalik tez harakatlanadi. Asosiysi, shuni unutmangki, irgib ketish, oyoqni ancha oldinga tashlash va keng qadam qoyish mumkin emas.

Togri poyabzal tanlang

Krossovkaning tovon qismi baland bolsa, gavda holati ozgarib, kishi uchun tabiiy bolmagan holat yuzaga keladi. Natijada ogirlik notogri taqsimlanib, kishiga shikast yetishi mumkin. Biroq ortiqcha vaznli kishilarda tekis tagcharm tizzaga zarar yetkazadi. Shu sababli modani chetga surib qoyib, tovoningiz zarbini yumshatuvchi modelni xarid qiling.

Yugurishni asta-sekinlik bilan kopaytirib boring

Ogirlik asta-sekinlik bilan oshib borishi kerak. Yugurish masofasini bir haftada 10 foizga kopaytirishingiz mumkin.

Togri nafas oling

Nafas togri olinmasa, organizmga yetarlicha kislorod bormaydi va yugurishning samaradorligi pasayadi. Nafas olishda ham ogiz, ham burunni ishlatgan maqul. Diafragmadan foydalangan holda chuqur nafas oling, bunda qorin ichga tortiladi.

Yetarli miqdorda suv iching

Jadal yugurganda organizm kop suyuqlik yoqotadi va suv-tuz balansi buziladi. Yugurish chogida kam-kamdan, biroq tez-tez suv ichish tavsiya etiladi. Mashgulot paytida ortacha 0,51,5 litr suv ichish lozim, aniqroq aytganda 80 kilogrammlik odam 1 litr suv ichishi kerak. Suv gazlanmagan va xona haroratida bolgani maqul.

Gavdaning tepa qismini qimirlatmang

Gavdani tik tutib, oldinga ham, orqaga ham egilmaslik kerak boladi. Bu bogimlar va umurtqani shikastlanishdan asraydi. Shuningdek, qol joylashuviga ham etibor berish zarur. U tirsakda togri burchak ostida bukilgan bolishi, kaftlar biroz siqilgan bolishi lozim. Bosh ham pastga egilmagan bolishi va nigoh 1015 metr oldinga qaratilgan bolishi kerak.

: admin (10-03-2017, 13:13)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
:
-
:
20 ... -