» » Ikki karra Olimpiada chempioni Yelena Isinbayeva O‘zbekistonga keladi

Ikki karra Olimpiada chempioni Yelena Isinbayeva O‘zbekistonga keladi


O‘zbek sporti tarixida ilk marotaba xalqaro ayollar kuniga bag‘ishlangan katta sport bayrami — “Nafosat—2019” ayollar spartakiadasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda MOQ xabar berdi.

Musobaqa Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida ayollar orasida sport va jismoniy tarbiyani ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etiladi.

Ayni paytda respublika bo‘ylab musobaqaning saralash bahslari davom etmoqda. Bellashuvlar sportning gandbol, voleybol, basketbol, badminton, stol tennisi va velosport turlari bo‘yicha o‘tkaziladi. Rejaga ko‘ra, 1—2-mart kunlari poytaxtda final bahslari bo‘lib o‘tadi. Musobaqa g‘olib va sovrindorlari diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishadi.

“Nafosat—2019” spartakiadasining taqdirlash va tantanali yopilish marosimi esa 3-mart kuni “O‘zbekiston” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Tantanali yopilish marosimiga yengil atletikaning langarcho‘p bilan sakrash yo‘nalishida ikki karra Olimpiada o‘yinlari chempioni (2004, 2008), uch karra jahon chempioni, yopiq inshootlardagi jahon chempionatining to‘rt karra g‘olibasi, Yevropa chempioni, 28 marotaba jahon rekordini o‘rnatgan afsonaviy Yelena Isinbayeva tashrif buyuradi. Shu kuni muxlislar o‘zbek estradasining yorqin yulduzlari ishtirokidagi konsert dasturiga ham guvoh bo‘lishlari mumkin.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют