» » Toshkentda savdo-sanoat bo‘yicha O‘zbekiston—Britaniya kengashining 24-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

Toshkentda savdo-sanoat bo‘yicha O‘zbekiston—Britaniya kengashining 24-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi


28-fevral kuni Buyuk Britaniya ishbilarmon doiralarining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Bosh vazir o‘rinbosari Elyor G‘aniyev va baronessa Emma Nikolson Vinterbronskaya ishtirokida O‘zbekiston—Britaniya Savdo va sanoat kengashining 24-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Biritaniya kengashi hamda Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbir rasmiy plenar sessiya shaklida bo‘lib, unda sarmoyaviy hamkorlik, loyihalarni moliyalashtirish va sayyohlik, sog‘liqni saqlash va ta’lim kabi soha yo‘nalishlari muhokama qilinadi.

Unda ishtirok etish uchun Buyuk Britaniyaning 55 dan ortiq kompaniyalaridan 100 dan ortiq tadbirkorlar ariza topshirgan. Ushbu tadbir O‘zbekiston—Britaniya Savdo va sanoat kengashining tarixidagi eng katta tadbir bo‘ladi.

O‘zbekiston tomonidan 15 ta vazirlik, 5 ta davlat qo‘mitasi, bir qator yirik milliy kompaniyalar, tashkilotlar va aksiyadorlik tijorat banklari vakillari ishtirok etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют