» » Shavkat Mirziyoyev Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni 65 yoshga to‘lgani bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni 65 yoshga to‘lgani bilan tabrikladi


Shavkat Mirziyoyevning Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Suhbat avvalida davlat rahbari Turkiya prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, eng ezgu tilaklarini bildirdi.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdi.

Prezidentlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni keng miqyosda amalga oshirish muhimligini qayd etdi.

Muloqot so‘ngida davlat rahbarlari O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini yana bir bor tasdiqladi.

Ma’lumot uchun, 26-fevral kuni Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 65 yoshga to‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют