» » “Aqlli” uzuk to‘lovlarni smartfonsiz amalga oshirish imkonini beradi (video)

“Aqlli” uzuk to‘lovlarni smartfonsiz amalga oshirish imkonini beradi (video)


Buyuk Britaniyada Kerv nomli “aqlli” uzuk sotuvga chiqarildi. Uzuk yordamida xaridlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. Bu haqda Mashable nashriga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Uzuk yaratuvchilari o‘z mijozlariga hamyon, pul va bank kartalarini uyda qoldirishni taklif qilmoqda, chunki Kerv egasi kontaktsiz MasterCard texnologiyasi ishlaydigan hamma joyda to‘lovlarni amalga oshira oladi. Bunda PIN-kodni kiritish, imzo qo‘yish, hatto telefon bilan bog‘lanish ham talab qilinmaydi.

Kerv tirnalmaydigan va yemirilmaydigan qoplama bilan qoplangan. Uzuk 14 xil rangda taqdim etildi va uning narxi salkam 100 funt sterlingni tashkil qiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-03-2017, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют