» » “Napoli” Ikardiga yiliga 9 mln yevro to‘lashga tayyor. “Inter” esa uni “Yuventus”ga sotib yubormoqchi

“Napoli” Ikardiga yiliga 9 mln yevro to‘lashga tayyor. “Inter” esa uni “Yuventus”ga sotib yubormoqchi


 “Napoli” klubi “Inter” hujumchisi Mauro Ikardini sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tankredi Palmeri o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Neapolliklar argentinalik futbolchi uchun soliqlardan tashqari yiliga 9 million yevro maosh to‘lashga tayyor. Bundan tashqari bonus sifatida 2 million yevro to‘lash ham ko‘zda tutilgan.

Ammo “Inter” Ikardini “Yuventus”ga sotish niyatida. Futbolchining transfer narxi 110 million yevroga baholanmoqda.

Mauro Ikardi joriy mavsum A Seriyada 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют