» » Xalq ta’limi vazirligi Jizzaxda 6-sinf o‘quvchisining vafoti bo‘yicha axborot berdi

Xalq ta’limi vazirligi Jizzaxda 6-sinf o‘quvchisining vafoti bo‘yicha axborot berdi


Xalq ta’limi vazirligi Jizzax viloyati, Zafarobod tumanidagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisining vafoti bo‘yicha axborot berdi.

Jizzax viloyati, Zafarobod tumanidagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi B.B. mushtlashuv natijasida emas, balki yurak xastaligi tufayli vafot etgan.

12 yoshdagi B.B. Zafarobod tuman poliklinikasida tug‘ma yurak parogi tashxisi bilan dispanser nazoratida turgan. Shu sababli o‘quvchi jismoniy tarbiya darslaridan ozod etilgan bo‘lib, faqat nazariy bilimlari asosida baholangan.

OAV vakillari tarqatgan ma’lumotlarda, o‘quvchilar orasida chiqqan mushtlashuv paytida jarohat olgan, natijada kasalxonada halok bo‘ldi, deya izohlangan.

Aslida, voqea unday bo‘lmagan. Maktabning 6-sinf o‘quvchilari 2-smenada o‘qishadi. Voqea esa ertalabki soat 10:40 larda sodir bo‘lgan. 2-smena esa soat 13:05 da boshlanadi. Voqea joyida biron-bir yuqori sinf o‘quvchilari ham, quyi sinf o‘quvchilari ham bo‘lmagan.

Shu kuni 6-sinfning bir guruh o‘quvchilari mahalliy stadionda o‘zlari olib kelgan koptok bilan futbol o‘ynashgan. O‘yin payti uzoqlashgan koptokning orqasidan chopib borgan B.B. yiqilgan. Mazkur voqeadan o‘quvchilar tomonidan xabar topgan maktab direktori o‘rinbosari Yu.Berdibekov tez tibbiy yordamiga xabar bergan. Yetib kelgan tez tibbiy yordami xodimi o‘quvchining vafot etganini ma’lum qilgan.

Xalq ta’limi vazirligi ayrim ommaviy axborot vositalarini yuz bergan fojiadan o‘zining manfaatlari yo‘lida foydalanib, tizimga oid asoslanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют