» » Majburan Toshkentga qo‘ngan Rossiya samolyoti Bangkokka uchib ketdi

Majburan Toshkentga qo‘ngan Rossiya samolyoti Bangkokka uchib ketdi


“Aeroflot” guruhiga kiruvchi “Rossiya” aviakompaniyasining bugun, 27-fevral kuni Pokiston havo hududi yopiqligi tufayli majburan Toshkent aeroportiga qo‘ngan Boeing-777 samolyoti Bangkokka uchib ketdi, deb xabar beradi “RIA Novosti” Toshkent aeroporti vakiliga tayanib.

“SU6275 Moskva—Bangkok reysi 16:55 da Toshkentdan Bangkokka uchib ketdi”, — degan aeroport vakili.

Eslatib o‘tamiz, Pokistonning Hindistonga tegishli ikkita harbiy samolyotni urib tushirishi ortidan bir nechta aviakompaniyalarga tegishli samolyotlar parvozi to‘xtab qoldi.

Pokiston va Hindiston ustidagi havo kengliklaridagi murakkabliklar tufayli Air India va Aeroflot aviakompaniyalariga tegishli ikkita samolyot O‘zbekistondagi havo hududida vaziyat yumshashini kutayotgan edi.

Shuningdek, Toshkent — Amritsar yo‘nalishida uchgan Uzbekistan airways aviakompaniyasiga tegishli bort raqami UK-67007 bo‘lgan Boeing 767-3CB(ER) samolyoti Toshkent shahriga qaytib kelgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 101) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют