» » Buxoroning qadimiy obidalarini qamrab olgan kichik halqa yo‘li bunyod etiladi

Buxoroning qadimiy obidalarini qamrab olgan kichik halqa yo‘li bunyod etiladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi “Ark” qo‘rg‘oni majmuasida Buxoro viloyatining turizm salohiyatini yanada oshirish dasturi taqdimotida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Prezident Buxoroning qadimiy obidalarini qamrab olgan kichik halqa yo‘lini bunyod etish, yo‘laklarga marmar va ishlov berilgan toshlar yotqizish, bino va yo‘llarning yoritish tizimini zamonaviylashtirish haqida ko‘rsatma berdi.

Shuningdek, mehmonxona va inshootlar qurish, ular atrofiga hududning tabiiy iqlim sharoitiga mos daraxt va gullar ekish, mahalliy va chet elik investorlar uchun barcha qulaylik va imkoniyatlar yaratish yuzasidan zarur topshiriqlar berildi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: Turizm — iqtisodiyotimizning muhim tarmog‘i

Shavkat Mirziyoyev madaniy meros obyektlarining bugungi kundagi holati va ularni saqlashga doir loyihalar taqdimotlari bilan ham tanishdi.

Buxoro viloyatida 660 madaniy meros obyekti mavjud. Ularning aksariyatini arxeologik obyektlar, monumental san’at asarlari, arxitektura yodgorliklari tashkil etadi.

Prezidentimiz ushbu madaniy meros obyektlari xalqimizning bebaho boyligi, ularni asrash va avlodlarga bezavol yetkazish barchamizning burchimiz ekanini ta’kidladi.

Madaniy meros obyektlarini saqlash va ta’mirlash yuzasidan soha mutaxassislari va usta-quruvchilarga zarur ko‘rsatmalar berildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-03-2017, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют