» » Qarshi shahridagi metan “zapravka”larda yuzaga kelgan navbatlardan so‘ng gaz narxi 400 so‘mga oshdi

Qarshi shahridagi metan “zapravka”larda yuzaga kelgan navbatlardan so‘ng gaz narxi 400 so‘mga oshdi


Qarshi shahridagi metan “zapravka”larning ko‘pchiligi hafta boshidan boshlab 2 kun davomida umuman ishlamadi. Ishlaganlarida ham turna qator navbatlar yuzaga kelgandi. 27-fevral kechki payt o‘z faoliyatini “tiklagan” zapravkalar gaz narxini 400 so‘mga oshirdi. Aksariyat zapravkalarda gaz narxi 1-martga qadar 2400 so‘m ekanligini bildiruvchi e’lon yopishtirilgan. Bu haqd “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

“Narxini oshirar ekan, uzundan uzoq navbatlarni yuzaga keltirmay o‘sha kuniyoq oshirib qo‘yishsa bo‘lardi, — deydi haydovchilardan biri Zafar Maxsatov. – Avval 1-martgacha deyishadi, keyin esa shu narxga o‘rgatib ham olishadi”.

Qarshi shahridagi “Ruslan gaz sifat servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli “zapravka”ning o‘zini tanishtirishni istamagan xodimi “zapravka”larga berilgan “limit” tugaganligini bildirdi.

“Hozir sotilayotgan gaz “limit”dan tashqari keltirilgan gaz bo‘lib, 2400 so‘mdan sotilishi belgilangan”, — deydi xodim.

Mazkur gaz “zapravka” operatorining aytishicha, gaz narxi 27-fevral kechki payt oshirilgan. “Gazni oshirish to‘g‘risida tepadan topshiriq bo‘ldi”, — deydi operator. Operator “tepa”ning kimligini ochiqlamadi.

“Daryo” muxbirining surishtiruvlaridan ma’lum bo‘lishicha, Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida ham uzundan uzoq navbatlardan so‘ng gaz narxi 2400 so‘mga oshgan. Dehqonobod tumanidagi gaz quyish shoxobchalaridagi narx esa o‘sha-o‘sha.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют