» » Noqulay ob-havo sabab AQShda 131 ta mashina o‘zaro to‘qnashib ketdi

Noqulay ob-havo sabab AQShda 131 ta mashina o‘zaro to‘qnashib ketdi


AQShning Viskonsin shtatida yomon ob-havo tufayli 131 ta avtomobil to‘qnashib ketdi.  Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Bir kishi halok bo‘lgan va yana 71 kishi tuman kasalxonasiga yotqizilgan.

Avtohalokat paytida 911 dispetcherlik xizmatiga yuzlab qo‘rquvga tushgan haydovchilar qo‘ng‘iroq qilgan.

“Yordam bering, men shossedaman. Bu yerda juda katta mashina halokati sodir bo‘lgan, juda ham katta. Men juda ham qo‘rqib ketyapman”, — deydi notanish ayol dispetcherga.

Holatni tartibga keltirish uchun ikki soat ketgan. To‘qnashgan mashinalarning ortida yig‘ilib qolgan 500 ga yaqin mashina boshqa yo‘nalishga o‘tkazilgan.

Xabarda aytilishicha, baxtsiz yo‘l hodisasiga bo‘ron sabab bo‘lgan. Qor yog‘ayotgan payti yo‘lni ko‘rish qiyinlashgan va haydovchilar mashinani boshqarishga qiynalgan. Natijada mashinalar ketma-ket urilib, zanjir hosil bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 97) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют