» » Xivada mahalliy sayyohlar uchun 5 ming so‘m, chet elliklar uchun 10 ming so‘m bo‘lgan audio gidlar ishga tushdi (foto)

Xivada mahalliy sayyohlar uchun 5 ming so‘m, chet elliklar uchun 10 ming so‘m bo‘lgan audio gidlar ishga tushdi (foto)


Madaniyat vazirligi matbuot xizmati tomonidan 26-27-fevral kunlari Xorazm viloyatiga ilk bor press tur tashkil etildi.

Press turda OAV xodimlari bilan bir qatorda “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad ham Xiva shahrida bo‘lib, u yerdagi me’moriy yodgorliklarning holatini o‘rgandi.

Xiva Ichan qal’a muzey qo‘riqxonasida 2019-yildan audio gid, ya’ni sayyohlar uchun tarixiy obidalarni, shaxslarni o‘z tilida hikoya qiluvchi, quloqchin yordamida foydalanishga mo‘ljallangan elektron moslamalar ishga tushdi.

Bu haqda Xiva Ichan qal’a muzey qo‘riqxonasi direktor o‘rinbosari Maqsudbek Abdurasulov Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida ma’lum qildi.

Xiva shahrida uning tarixiy qismi, Xiva Ichan qal’a muzey qo‘riqxonasida 2019-yil yanvar oyidan audio gid tizimi yo‘lga qo‘yildi. Bu hozircha Ichan qal’aning faqat bitta obyekti, ya’ni xon saroyiga o‘rnatilgan. Yana ikkita obyektiga o‘rnatish maqsadida, oltita tilga tarjima qilish jarayoni ketmoqda. Biz Xivaga keladigan chet ellik sayyohlarni monitoring qilib, ular orasida eng ko‘p keladigan davlatlar Fransiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya hamda Yaponiya davlatlarining fuqarolari ekanligini aniqladik. Shu sababli audio gidga joylashtiriladigan ma’lumotlarni asosan ushbu davlatlarning tillariga tarjima qilmoqdamiz. Audio gidlardan foydalanish mahalliy sayyohlar uchun 5 ming so‘m, chet ellik sayyohlar uchun esa 10 ming so‘m qilib belgilangan.

Maqsudbek Abdurasulov, Xiva Ichan qal’a muzey qo‘riqxonasi direktori o‘rinbosari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют