» » Alisher Usmonov “Obod qishloq” dasturini amalga oshirish uchun Namanganga 50 mln dollar ajratadi

Alisher Usmonov “Obod qishloq” dasturini amalga oshirish uchun Namanganga 50 mln dollar ajratadi


Milliarder Alisher Usmonov “Obod qishloq” dasturini amalga oshirish uchun Namangan viloyatiga 50 million dollar ajratdi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Namanganda bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri.

— Buni bir xamirturush desak ham bo‘ladi. U kishi Namanganda zamonaviy biznes markaz va biznes maktab ham qurib beradi. Dunyoga mashhur tadbirkor o‘ziga o‘xshash yoshlarni tarbiyalashda yordam beradi. Buning uchun xorijdan mutaxassislar taklif etiladi, — dedi davlat rahbari.

Prezident iqtisodiyotni yuksaltirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash maqsadida Namangan viloyatidagi har bir tumanga 25 milliard so‘mdan ajratilishini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют