» » Namangan viloyatida “Obod qishloq” dasturi doirasida 34 ta investitsion loyiha amalga oshiriladi

Namangan viloyatida “Obod qishloq” dasturi doirasida 34 ta investitsion loyiha amalga oshiriladi


“Obod qishloq” davlat dasturi doirasida Namangan viloyatida 34 ta investitsion loyiha amalga oshiriladi. Bu haqda Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga tayanib, Sputnik xabar berdi.

Loyihalar Kosonsoy, Pop, To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Chortoq, Chust, Yangiqo‘rg‘on hamda Namangan tumanlarida amalga oshiriladi.

Taklif qilingan loyihalarni amalga oshirish uchun 299,5 million dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritish rejalashtirilgan. Ular qiymati 60,7 million dollarlik 10 ta loyiha, 117,3 million dollarlik 10 ta loyiha va 121,5 million dollarlik 14 ta istiqbolli loyihalardir.

Taklif qilinayotgan investitsion loyihalar orasida Namanganda Janubiy koreyalik investorlar bilan hamkorlikda zamonaviy ko‘p tarmoqli klinika, Pop tumanida xitoylik investorlar bilan kichik yuk avtomobillari ishlab chiqarish, Uychi tumanida turkiyalik, Chust tumanida rossiyalik hamda Yangiqo‘rg‘on tumanida xitoylik investorlar bilan korxonalar tashkil etish kabi loyihalar mavjud.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2018, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют