» » Jahon banki O‘zbekistondagi gender tenglik darajasini baholadi

Jahon banki O‘zbekistondagi gender tenglik darajasini baholadi


Jahon banki dunyo bo‘ylab 187 mamlakatda ayollar huquqlarining holatini o‘rganib, “Ayollar, biznes va huquq” tadqiqotini e’lon qildi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

Tadqiqotni tayyorlash uchun mutaxassislar so‘nggi o‘n yil ichidagi mamlakatlarning qonunchilik bazasini baholadi. Baholashda harakat erkinligi, ish bilan ta’minlanish, ish haqi, nikoh va farzandlarning mavjudligi, o‘z biznesini yuritish, aktivlarni boshqarish va pensiya nafaqalari kabi ko‘rsatkichlar qo‘llanilgan.

O‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida gender tengligi nuqtayi nazaridan 100 balldan 70,6 ball to‘plagan.

Xuddi shu ko‘rsatkichlar Gvatemala va bir pog‘ona past o‘rin bilan Kongoda (70 ball) ham qayd etilgan.

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Tojikiston eng ko‘p ball to‘pladi — 81,8, undan so‘ng Qirg‘iziston — 76,8, Qozog‘iston — 75,6. Turkmaniston reytingga kiritilmagan.

Reytingning eng yuqori pog‘onasida oltita mamlakat: Belgiya, Daniya, Fransiya, Latviya, Lyuksemburg va Shvetsiya.

Ular 100 ballik miqyosda maksimal ko‘rsatkichga erishgan. Suriya (34,3 ball), Qatar (32,5), Eron (31,2), Sudan,

Birlashgan Arab Amirliklari (29,3) va Saudiya Arabistoni (25,6) ball bilan ro‘yxatga yakun yasagan.

Tadqiqotda mamlakatdagi gender tengligi darajasi va uning iqtisodiy rivojlanish darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlik qayd etilgan.

Shunday qilib, 90 va undan yuqori ball to‘plagan 39 mamlakatdan 26 tasi yuqori daromadli mamlakatlardir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют