» » Pokiston Hindistonga asirga olingan hind uchuvchisini qaytarib berdi

Pokiston Hindistonga asirga olingan hind uchuvchisini qaytarib berdi


Pokiston tomonidan asir olingan Hindiston havo kuchlari qo‘mondoni Abxinandan Vartxaman ozod qilindi va o‘z vataniga qaytarildi. Ushbu asosiy tadbir Hindistonning barcha yirik telekanallarida jonli efirga uzatildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Uchuvchi mahalliy vaqt bilan bugun, 1-mart kuni kechqurun Kashmirdagi Vagax chegardosh aholi yashash punktida Hindistonga qaytarilgan.

Xabarda aytilishicha, Nyu-Deli Vartxamanni qabul qilish uchun maxsus bort yubormoqchi bo‘lgan, lekin Islomobod bunga rozi bo‘lmagan.

Pokiston armiyasi 27-fevral kuni Kashmirning bahsli hududida havo maydoni qoidalarini buzgan ikki hind samolyotini urib tushirganini hamda ikki uchuvchini asir olganini e’lon qilgan edi.

Pokiston OAVlari yarador bir kishining videosini ommaga taqdim etgan. U uchuvchilardan biri deya taxmin qilingan.

Hind rasmiylari esa voqeani biroz boshqacha talqin qilgan. Unga ko‘ra, Kashmir osmonidagi voqeada Pokistonning bitta qiruvchi samolyoti urib tushirilgan, Hindiston esa o‘zining MiG-21 samolyotidan ayrilgan.

Kechga yaqin esa Hindiston bir uchuvchisi Pokistonda asir olinganini tan olgan va uni ozod etishlarini so‘ragan.

Pokiston Bosh vaziri Imron Xonning so‘zlariga ko‘ra, “tinchlik harakati” sifatida uchuvchi vataniga qaytarilgan.

Ikki davlat o‘rtasidagi ziddiyat 14-fevral kuni kuchaygan. O‘shanda hujumchi Hindiston politsiyasining harbiy koloniyasi yonida portlash sodir etgan. Hujum natijasida 45 kishi halok bo‘lgan.

Voqea bo‘yicha “Jaish-ye-Muhammad” islom guruh javobgarlikni bo‘yniga olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют