» » Kelasi mavsumdan La Liga doirasidagi o‘yinlar dushanba kunlari o‘tkazilmaydigan bo‘ldi

Kelasi mavsumdan La Liga doirasidagi o‘yinlar dushanba kunlari o‘tkazilmaydigan bo‘ldi


Kelasi mavsumdan La Ligada uchrashuvlar shanba va yakshanba kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Ispaniya futbol federatsiyasi prezidenti Luis Rubiales ma’lum qildi.

“Endi dushanba kuni hech qanday futbol bo‘lmaydi. Kelasi mavsumdan o‘yinlar shanba va yakshanba kunlari o‘tkaziladi. Juma borasida ham bir qarorga kelamiz. Hamma uchun eng yaxshisini qilamiz deb umid qilaman. Pul muhim, ammo muxlislar undan ham muhim”,— deydi Rubiales.

Avvalroq ispaniyalik futbol muxlislari dushanba kuni futbol bahslari o‘tkazilmasligini yoqlab, namoyishlar uyushtirgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2019, 00:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют