» » Kanadada Huawei moliyaviy direktorini ekstraditsiya qilish jarayoni boshlandi

Kanadada Huawei moliyaviy direktorini ekstraditsiya qilish jarayoni boshlandi


Kanada hukumati Huawei moliyaviy direktori Men Vanchjouni ekstraditsiya qilish jarayonini boshladi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.

Kanada TIV mamlakat Adliya vazirligi Men Vanchjou ishi bo‘yicha ekstraditsiya qilish jarayoni rasman boshlangani to‘g‘risidagi hujjatni chop etilgani ma’lum qilgan.

Hujjat Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilinganidan keyin ish sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. Agar u Vanchjouni ekstraditsiya qilish kerak deb topsa, yakuniy qaror Adliya vaziri tomonidan qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Huawei moliyaviy direktori Men Vanchjou 2018-yil 1-dekabr kuni AQSh so‘rovi bilan Vankuverda qo‘lga olingan. U Eronga qarshi AQSh savdo sanksiyalarini buzganlikda gumonlanmoqda. Vanchjou esa o‘ziga qarshi qaratilgan ayblovlarni tan olmayapti.

Mavzuga doir: Kanada hukumati Huawei moliyaviy direktorini hibsga oldi

Mavzuga doir: Huawei direktori sog‘ligi sabab uni garovga ozod qilishlarini so‘radi

Mavzuga doir: Huawei direktori 7 mln dollar garov evaziga qo‘yib yuboriladi

Mavzuga doir: AQSh Huawei kompaniyasiga nisbatan rasman ayblovlar e’lon qildi

Mavzuga doir: AQSh Federal tergov byurosi: Huawei’ga qarshi ayblovlar Xitoyga qaratilmagan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют