» » Sergey Skripalning uyi xavfsiz deb topildi

Sergey Skripalning uyi xavfsiz deb topildi


2018-yilning mart oyida Buyuk Britaniyada zaharlangan Rossiya Bosh razvedka boshqarmasi (GRU) sobiq polkovnigi Sergey Skripalning uyi xavfsiz deb e’lon qilindi va Uiltshir grafligi rasmiylariga topshirildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Solsberidagi uyni asab tizimini zararlovchi “Novichok” moddasidan tozalash ishlari deyarli bir yil davom etgan. Bino to‘liq tiklanib, ta’mirlanganidan keyin foydalanishga topshiriladi. Qayd etishlaricha, bu uy Airbnb’da ijaraga qo‘yilmaydi va u sayyohlar tashrif buyuradigan joyga aylantirilmaydi.

Sergey Skripalning uyidan tashqari, asab tizimini zararlovchi “Novichok” moddasi sabab xavfli deb topilgan yana 11 ta joy xavfsiz deb e’lon qilingan. Ular qatoriga Sergey Skripal va uning qizi ovqatlangan Zizzi restorani, shuningdek, ular hushsiz holda topilgan bog‘dagi o‘rindiq ham kiritilgan.

Mavzuga doir: Buyuk Britaniya elchisi Skripallar tirik ekanini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют