» » Jonni Deppning sobiq turmush o‘rtog‘i uyda bo‘lib o‘tgan tajovuz haqida ortiq jim turmoqchi emas

Jonni Deppning sobiq turmush o‘rtog‘i uyda bo‘lib o‘tgan tajovuz haqida ortiq jim turmoqchi emas


Amerikalik aktyor Jonni Deppning sobiq turmush o‘rtog‘i aktrisa Ember Xyord sobiq eri uni tuhmat qilishda ayblashiga qaramay, uyidagi tajovuzlar haqidagi da’vosidan voz kechmadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, Depp o‘z qilmishlarini tan olmayapti. Avvalroq, Jonni Depp sobiq xotini unga tuhmat qilgani uchun sudga berib, uni “uydagi tajovuz qurboni emas, balki jinoyatchi” deya atagan.

“Bu oxiri o‘ylamay qilingan ish — Jonni Depp yana bir bor Ember Xyordni jim qilishga urinmoqda. Lekin Xyord ortiq jim turmaydi”, — deydi aktrisaning vakili Jorj.

Bundan avval Jonni Depp sudga sobiq turmush o‘rtog‘ini kaltaklamagani haqida yangi dalillarni taqdim etgan. U taqdim qilgan hujjatlar Sun gazetasining maqolasiga qarshi da’vo ishini ochishga sabab bo‘lgan.

Maqolada 2016-yil 21-may kuni Jonni Depp Ember Xyordni kaltaklagach, yuziga telefonni uloqtirgani haqida yozilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют