» » O‘zbekistonlik harbiylar Rossiyada taktik mashg‘ulotlarni kuzatdi

O‘zbekistonlik harbiylar Rossiyada taktik mashg‘ulotlarni kuzatdi


O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar Rossiyaning Chelyabinsk shahri yaqinidagi Chebarkul poligonida armiya aviatsiyasi hamda artilleriya hamkorligida o‘tkazilgan tank bo‘linmalarining taktik mashg‘ulotlarini kuzatdi. Bu haqda “Daryo”ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mashg‘ulotlar jarayonida shartli dushman aviatsiya hujumi va ommaviy qirg‘in qurollaridan foydalanganida asosiy kuchning harakatlari amalda ko‘rsatildi.

Mashg‘ulotning so‘nggi bosqichida harbiy xizmatchilar “T-72B” tanklari hamda “BMP-2” piyodalar jangovar mashinalaridan shartli dushmanning imitatsiya qilingan zirhli va jonli kuchlariga qarata o‘tochdi. Bunda havodan “Mi-24” aviatsiya vertolyotlari yordam ko‘rsatib turdi.

Tajriba almashish jarayonida o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar rossiyalik tankchilar bo‘linmalarining jangovar tayyorgarligi jarayonlari, shuningdek, uchuvchisiz uchish qurilmalari va shartli diversion-razvedka guruhlariga qarshi kurashishning yangicha usullari bilan tanishdi.

Taktik mashg‘ulotlarga mingdan ortiq harbiy xizmatchi, 200 ga yaqin harbiy texnika, xususan, “Mcta-B” gaubitsasi, “Grad” zalp o‘t ochish reaktiv tizimi hamda beshinchi avlod aloqa texnikasi jalb etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют