» » Yuriy Stoyanov: Saviyasi past san’at bilan kurashda ta’qiqlar yordam bermaydi

Yuriy Stoyanov: Saviyasi past san’at bilan kurashda ta’qiqlar yordam bermaydi


Sputnik chinakam yumorning bachkanalikdan farqi, qiziqchilik sohasini tartibga solish mumkin-mumkin emasligi haqidagi savollar bilan rossiyalik aktyor va rejissyor Yuriy Stoyanovga murojaat qildi.

Artist suhbat boshidayoq har bir alohida holat bo‘yicha mamlakatda mavjud yuridik va axloq normalarini inobatga olgan holda qaror qabul qilinishi kerakligini aytib o‘tdi.

“Agar qonun buzilgan bo‘lsa, har bir aniq holat bo‘yicha ushbu janrning barcha vakillari emas, balki aniq shaxs javob berishi lozim. O‘zbeklar — dono va saxiy xalq, ulkan tarixga ega, o‘ylaymanki, ular bu holatni avvalo qonun, o‘zlarining madaniyati va eng yaxshi sifatlariga tayanib hal etadilar”, — dedi Stoyanov.

Akterning fikricha, san’atning har qanday turida, xususan, yumor janrida ham har qanday ta’qiq deyarli samara bermaydi, chunki hajviya sohasi o‘z shaxsiy qonun-qoidalariga ko‘ra rivojlanadi.

“San’at — bu dengiz: uning o‘zi kemalarni cho‘ktiradi, taqdiriga yashash yozilganlarni qirg‘oqqa, kimlarnidir kimsasiz orolga uloqtiradi. Uning o‘zi ‘musor‘ni qirg‘oqqa chiqaradi, o‘z-o‘zini tozalaydi. Lekin bu dengiz juda ifloslanib ketgan bo‘lsa, qo‘shilaman, bu katta muammo. Lekin buni qandaydir cheklovlar bilan tartibga solish kerak emas. Bu o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladigan holat. Iqtidorsizlar uloqtiriladi, iste’dod sohiblari qoladi”, — deb qayd etdi artist.

Yumordagi axloq qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan tuturiqsiz gaplar haqida to‘xtalar ekan, Stoyanov, har bir inson qaysi mamlakatda ekan, qaysi vaqtda va nimaning ustidan kulayotganini unutmasligi lozimligini ta’kidladi. Shu bois, millatning o‘ziga xosligini unutmagan holda, an’analarga rioya etilishi kerak.

Stoyanovga ko‘ra, saviyasi past, tahqirlash ma’nosiga ega san’at turi bilan ta’qiqlar emas, balki tarbiya va ma’rifat orqali kurash olib borish lozim.

“Tarbiya va ta’lim bir qarashda unchalik sermahsul va tezkor natijani bermasada, lekin bu ushbu muammoni hal etishning asosiy yo‘lidir”, — deydi artist.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekkonsert” estrada olamida bolalab ketgan “bemaza va uyatsiz hazillarga” qarshi kurashish maqsadida respublikada “Yumoristlar klubi”ni tashkil etish taklifi bilan chiqmoqda. Ushbu tashabbus qiziqchi Halima Ibragimova va “Bravo” guruhi bilan yuz bergan mojarodan keyin ilgari surilgan. Ular ijtimoiy tarmoqdagi uyatsiz gaplari, litsenziya talablarini buzganliklari va dastur ssenariysidan chetga chiqqanliklari uchun litsenziyadan mahrum etilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют