» » Hindistonda Kalashnikov avtomatlarini ishlab chiqaruvchi zavod ochildi

Hindistonda Kalashnikov avtomatlarini ishlab chiqaruvchi zavod ochildi


Rossiya va Hindiston 3-mart kuni Hindistonning Korva shahrida Kalashnikov avtomatlarini ishlab chiqaruvchi zavodni ochdi. Bu haqda Rossiya Harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha federal xizmati direktori Dmitriy Shugayev jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Federal xizmat direktorining so‘zlariga qaraganda, loyiha 700 mingdan ortiq avtomat yaratishni ko‘zda tutib, ishlab chiqarish bosqichma-bosqich to‘liq mahalliylashtiriladi.

“Rossiya va hindistonlik mutaxassislarning uyg‘unlikdagi harakatlari tufayli Hindistonda qisqa vaqt ichida dunyo bo‘yicha eng mashhur brenddagi eng yangi avtomatlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga erishildi”, — deya aniqlik kiritdi Dmitriy Shugayev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют