» » Pepsi o‘rniga Coca Cola. O‘zbekiston Superligasi yangi titul homiyga ega bo‘ldi

Pepsi o‘rniga Coca Cola. O‘zbekiston Superligasi yangi titul homiyga ega bo‘ldi


Coca Cola kompaniyasi Superliganing 2019-yilgi mavsumi uchun titul homiy bo‘lish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘FA xabar berdi.

Bungacha O‘zbekiston Professional futbol ligasi Pepsi bilan muzokara olib borgan hamda ikki tashkilot o‘rtasidagi shartnoma 5-mart, seshanba kuni imzolanishi kerak  bo‘lgan.

Biroq 4-mart, dushanba kuni Coca Cola o‘z taklifini (avval ham taklif bergan) o‘zgartirdi. Unga ko‘ra, kompaniya nafaqat Superliga, balki 2019-yilgi O‘zbekiston Kubogi musobaqasi uchun ham homiylik qiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют