» » Markaziy bank: O‘zbekistonda pul qiymatini o‘zgartirish rejalashtirilmayapti

Markaziy bank: O‘zbekistonda pul qiymatini o‘zgartirish rejalashtirilmayapti


Markaziy bank pul qiymatini o‘zgartirishga (denominatsiya) ehtiyoj sezmaydi. Bu haqda Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratov 5-mart, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi, deb yozadi Spot.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha denominatsiyani amalga oshirish rejalashtirilmayapti. Bugungi kunda amalda bo‘lgan belgilangan qiymatlar barcha talablarga javob beradi va ulardan foydalanish qulay.

“Denominatsiya oson va tezda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan texnik jarayondir”, — deydi Markaziy bank raisi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi missiyasi boshlig‘i Albert Yeger o‘tgan yil 50 foizni tashkil etgan kreditlashning o‘sishi O‘zbekiston iqtisodiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. “Kreditlashning o‘sishini cheklash juda muhimdir. Agar u saqlanib qolmasa, inflyatsiyaga ziyon yetkazishi va tashqi kamomadni yanada kuchaytirishi mumkin”, — deydi Yeger.

Mamarizo Nurmuratov XVJ vakiliga javoban Markaziy bank va hukumat yillik kreditlash hajmini 25 foizga qisqartirish imkoniyatini muhokama qilayotganligini ta’kidladi.

Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi bu yil 5,5 foizni tashkil etishi va 2020-yilda 6 foizgacha o‘sishi mumkinligini prognoz qilmoqda. Buning asosiy sababi — investitsiyalar oqimi bo‘lib, shuningdek, narxlarni liberallashtirish davom etayotganligi sababli mamlakatda inflyatsiya yuqori bo‘lib qoladi — taxminan 15 foiz darajasida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют