» » Alisher Usmonovning boyligi 12,6 milliard dollarga baholandi

Alisher Usmonovning boyligi 12,6 milliard dollarga baholandi


Forbes jurnali 5-mart kuni 2019-yilda dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatini e’lon qildi, deb yozadi Spot.

USM Holding asoschisi va asosiy aksiyadori Alisher Usmonov dunyo bo‘yicha 106-o‘rin, Rossiyada 9-o‘rinni egalladi (o‘tgan yili dunyo bo‘yicha 118-o‘rin va Rossiyada 10-o‘rinni egallagan edi).

Forbes Usmonov dastlabki daromadini plastik paketlardan qilganligini ta’kidlaydi. Bugungi kunda tadbirkorning eng yirik aktivi “Metalloinvest” metallurgik gigantidagi ulushi hisoblanadi. Usmonov, shuningdek, Facebook’ga birinchilardan bo‘lib investitsiya kiritgan, Xiami va boshqa telekommunikatsion kompaniyalarning aksiyalari egasidir.

Alisher Usmonov 2018-yilda “Arsenal” futbol klubidagi 30 foiz ulushini 700 million dollarga sotdi. Tadbirkorning o‘zi bu mablag‘ni O‘zbekistonda bir qator ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltirishini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют