» » O‘zbekiston mamlakatda qazib olingan gaz uchun “Lukoyl” oldida 600 mln dollar qarzdor bo‘lib qoldi

O‘zbekiston mamlakatda qazib olingan gaz uchun “Lukoyl” oldida 600 mln dollar qarzdor bo‘lib qoldi


O‘zbekiston 2018-yilda “Lukoyl” oldida 600 million dollarga yaqin qarzdor bo‘lib qoldi. Bu haqda Rossiya kompaniyasining qazib olish bo‘yicha vitse-prezidenti Ozod Shamsuarovga tayanib, Reuters ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

“Lukoyl” O‘zbekistonda Qandim—Hovuzak—Shodi—Qo‘ng‘irot va Janubi-Sharqiy Hisor loyihalarida mahsulotlarni bo‘lib olish sharti bilan ish olib bormoqda. Loyihalarda ishlab chiqarilgan gaz asosan Xitoyga yetkazib beriladi.

Ozod Shamsuarov 600 million dollarlik qarz O‘zbekiston bir qism gazni ichki bozorga olib qolgani sababli vujudga kelgani, kelishuvda esa respublikada qazib olingan gazning barchasini eksport qilish ko‘zda tutilganini ma’lum qildi.

Hozirda “Lukoyl” O‘zbekistonda yiliga 14,5 mlrd kub metr gaz ishlab chiqarmoqda. Kompaniya loyiha doirasida mamlakatga 8 milliard dollarga yaqin sarmoya kiritgan va uning yarmini qaytarib olgan.

Tomonlar qarzdorlikni ikki yil muddatda har oy teng miqdordagi to‘lovni amalga oshirish orqali restrukturizatsiya qilish hamda “Lukoyl” mamlakat ichki bozoriga yiliga 5 milliard kub metr miqdoridagi gazni oldindan to‘lov asosida o‘rtacha hisoblangan eksport netbekiga nisbatan 12,5 foizlik chegirma bilan yetkazib berishga kelishib oldi.

2020-yilgacha “Lukoyl” O‘zbekistonda gaz ishlab chiqarish hajmini 16 milliard kub metrgacha oshirishni rejalashtirgan. Uning 8 milliard kub metri Qandim, 5 milliard kub metri Hisor va 3 milliard kub metri Hovuzakda qazib olinishi rejalashtirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют