» » O‘zbekistonda ta’lim sifati ko‘rsatkichi qanday qilib 22 foizga tushib ketgan?

O‘zbekistonda ta’lim sifati ko‘rsatkichi qanday qilib 22 foizga tushib ketgan?


Xalq ta’limi vazirligida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi bilan hamkorlikda “O‘quvchi yoshlarning ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlanishini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishda xalq ta’limi tizimi oldida turgan dolzarb vazifalar” mavzusida anjuman o‘tkazildi, deb yozadi O‘zA.

Tahlillarga ko‘ra, o‘quvchilar bilimining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini tahlil qilish maqsadida respublika bo‘yicha tanlov asosida o‘rganilgan 1 ming 35 ta maktab faoliyati monitoringi natijalariga asosan, o‘quvchilarning o‘rtacha o‘zlashtirishi 67 foizni, sifat ko‘rsatkichi esa 22 foizni tashkil etgan.

Bunday holatlar ta’lim sifatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Ayniqsa, ta’lim sifatini baholash bo‘yicha PISA xalqaro tadqiqotlarida o‘quvchilarning darsda olgan bilimini amalda qo‘llay olish ko‘nikmalarining baholanishida umumta’lim maktablarini laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash o‘ta muhim masala ekani alohida ta’kidlandi.

Ta’lim tizimida yig‘ilgan bu kabi muammolarni yechish, tayyorlanayotgan kadrlarning sifatiga e’tiborni kuchaytirish, umumta’lim muassasalari rahbarlarini tanlab, joy-joyiga qo‘yish, ta’lim muassasalarining faoliyati samaradorligini baholashning aniq mezonlarini ishlab chiqish, o‘quv-tarbiya jarayonini uslubiy ta’minlash zarurligi qayd etib o‘tildi.

Anjumanda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining joylarga chiqib o‘rganishlari davomida umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatida yechimini kechiktirib bo‘lmaydigan bir qator muammolar borligi, viloyat, shahar, tuman xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining soha oid qabul qilingan farmon va qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani holatlari aniqlangani ma’lum qilinib, mutasaddilardan izoh so‘raldi.

Shuningdek, tadbirda sohaga oid huquqiy bazani zamon talablari asosida takomillashtirish masalasi ham chuqur muhokama etildi.

Anjuman yakunida qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют