» » Yutada it 4 yoshli bolaning qo‘lini tishlab uzib oldi

Yutada it 4 yoshli bolaning qo‘lini tishlab uzib oldi


Yuta shtatining Leyton shahridan bo‘lgan 4 yoshli bola, qo‘lini panjaraning narigi tomonidan bo‘lgan it bilan o‘ynash maqsadida panjara ostiga tiqqan. Hayvon bolaning bilagidan past qismini tishlab yegan. Bu haqda “ForumDaily” xabar berdi.

Voqea 3-mart kuni sodir bo‘lgan. Bola qo‘liga paypoq kiyib, uni yer va devor o‘rtasidagi bo‘shliqqa tiqqan. Xaski zotli it bolaning panjasini va bilagidan tepa qismini tishlab, uzib olgan.

Bolaning otasi qutqaruvchilar yetib kelguniga qadar qon ketishini to‘xtatishga va bolani tinchlantirishga harakat qilgan.

Bola vertolyot bilan Solt-Leyk-Sitidagi kasalxonaga olib ketilgan. Hozirda bolaning hayoti xavf ostida emas va uning tez orada tiklanishi kutilmoqda.

Qutqaruvchilar bolaning qo‘lini topolmagan — ular it uni yutib yuborganligiga ishonchi komil. Shifokorlar hayvonlarni nazorat qilish xodimlari bilan itni uyqu holatiga keltirib, uning ichidan bolaning qo‘lini tortib olishga harakat qilmoqchi bo‘lishgan, ammo jarroh buning imkonsizligini aytgan.

It tirik qolgan va 10 kunga karantinga olingan. Ushbu hayvon xavfli itlar ro‘yxatiga kiritilishi hali ma’lum emas — hodisaning batafsil tekshiruvi davom etmoqda.

Hozirda itning keyingi taqdirga befarq bo‘lmaganlar onlayn petitsiya e’lon qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют