» » Romelu Lukaku qoyilmaqom ko‘rsatkich qayd etmoqda

Romelu Lukaku qoyilmaqom ko‘rsatkich qayd etmoqda


6-mart, chorshanba kuni “Manchester Yunayted” hujumchisi Romelu Lukaku YChL 1/8 finalining javob uchrashuvida PSJ darvozasiga  ikkita gol urishga erishdi (3:1).

25 yoshli belgiyalik futbolchi so‘nggi 3 ta uchrashuvda maydonga tushib, ularning har birida 2 tadan gol urdi. Bunga qadar u “Kristal Pelas” (3:1) va “Sauthempton” (3:2) jamoalariga qarshi o‘yinda raqib darvozasini 2 martadan ishg‘ol qilgandi.

Lukaku ushbu natijaga klubdagi faoliyatida birinchi marotaba erishdi. 2018-yil iyun oyida esa u Belgiya terma jamoasi safida mazkur natijani qayd etgandi.

Hujumchi Kosta-Rika bilan bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida 2 ta gol urgandi (4:1), keyin esa mundial doirasida Panama (3:0) va Tunis (5:2) darvozalarini 2 martadan ishg‘ol qilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют