» » Huawei AQSh hukumatini sudga berdi

Huawei AQSh hukumatini sudga berdi


Xitoyning Huawei kompaniyasi AQSh hukumati ustidan sudga murojaat qilib, davlatning ushbu korxona uskunalaridan foydalanib keladigan kompaniyalar bilan hamkorlik qilishini taqiqlashi noqonuniy ekanligini aytgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Huawei da’vo arizasi bilan murojaat etgan Texas sudi Oq Uyning avgust oyida chiqargan hukumat tashkilotlariga xavfsizlik nuqtai nazaridan Xitoy kompaniyasi uskunalaridan foydalanishni taqiqlash to‘g‘risidagi qarorini o‘rganib chiqmoqda.

Huawei kompaniyasi cheklovlar noqonuniy ekanligini qonun buzilishi yuzasidan hech qanday dalillar keltirilmaganligi bilan izohlagan. Bundan tashqari, qurilmalardan foydalanishni taqiqlash raqobat erkinligini cheklashi va birinchi navbatda AQSh iste’molchilariga zarar keltirishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Huawei kompaniyasini Eronga qarshi sanksiyalarni buzilishi bilan bog‘liq sanoat josusligi va firibgarlikda ayblagan.

O‘tgan yilning oxirlarida esa Kanadada Huawei’ning moliyaviy direktori Men Vanchjou qo‘lga olingan. U Eronga qarshi AQSh savdo sanksiyalarini buzganlikda gumonlanmoqda. 1-mart kuni Kanada hukumati uni AQShga ekstraditsiya qilish jarayonini boshladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют