» » O‘zbekiston eng iflos havosi bo‘lgan mamlakatlar reytingida 16-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston eng iflos havosi bo‘lgan mamlakatlar reytingida 16-o‘rinni egalladi


“AirVisual” havo sifati monitoringi bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilot 2018-yilda eng iflos havoga ega mamlakatlar ro‘yxatini e’lon qildi, deya xabar beradi “Podrobno”.

O‘zbekiston reytingda 16-o‘rinda. Taqqoslash uchun Qozog‘iston 20-o‘rin, Ukraina-49, Rossiya 58-o‘rinni egallagan. O‘zbekiston va Qozog‘istondan tashqari Markaziy Osiyo mamlakatlari reytingga kiritilmagan.

Qizig‘i shundaki, O‘zbekiston reytingda sariq rang bilan belgilangan mamlakatlar reytingiga boshchilik qilgan. “AirVisual” kriteriyasiga ko‘ra, bu havoda ifloslantiruvchi moddalarning konsentratsiyasi maqbulligini anglatadi, lekin ifloslanishga sezgir bo‘lgan odamlar o‘zlarining sog‘lig‘iga g‘amxo‘rlik qilishi kerak degani.

Dunyodagi eng yomon ko‘rsatkich Bangladeshda qayd etilgan. Keyin esa Pokiston, Hindiston va Janubiy Osiyodagi boshqa davlatlar bor.

Reyting mualliflari har yili havoning ifloslanishi kamida 7 million odam nobud bo‘lishiga, shuningdek jahon iqtisodiyotiga yiliga 225 milliard dollar zarar etkazishiga sabab bo‘lishini qayd etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют