» » La Liga. “Barselona”da g‘alaba, Messi va Suares yana gol urdi (video)

La Liga. “Barselona”da g‘alaba, Messi va Suares yana gol urdi (video)


9-mart, shanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 27-turi doirasida 3 ta uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

Diyego Simeone qo‘l ostidagi Madridning “Atletiko” klubi o‘z maydonida “Leganes” jamoasini sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuvning 50-daqiqasida Saulning kiritgan goli madridliklarga navbatdagi g‘alabani taqdim etdi (1:0).

Shu kuni musobaqa jadvalida birinchi o‘rinda borayotgan Lionel Messi yetakchiligidagi “Barselona” klubi “Kamp Nou” stadionida “Rayo Valyekano” bilan bahsga kirishadi.

O‘yinning 24-daqiqasida “Rayo Valyekano” hujumchisi Raul de Tomas Mark-Andre ter Shtegen darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 38-daqiqaga kelib Jerar Pike Lionel Messi uzatmasini golga aylantirdi va hisobni tenglashtirdi (1:1).

2-bo‘limning 51-daqiqasida hakam Mario Melero mehmon jamoa darvozasi tomon penalti belgiladi va undan kataloniyaliklar yetakchisi Leo Messi unumli foydalandi (2:1). 82-daqiqada esa Luis Suares ham o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi (3:1).

Shu tariqa Ernesto Valverde shogirdlari o‘z maydonida “Rayo Valyekano” ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi (3:1).

La Liga

27-tur bahslari

9-mart, shanba

Gollar: 1:0 — 58 Inui, 1:1 — 71 Kardona

Gol: 1:0 — 50 Saul

Gollar: 0:1 — 24 De Tomas, 1:1 — 38 Pike, 2:1 — 51, penalti, Messi, 3:1 — 82 Suares

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2019, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют