» » Anvar Boynazarov navbatdagi jangida g‘alaba qozondi (video)

Anvar Boynazarov navbatdagi jangida g‘alaba qozondi (video)


9-mart, shanba kuni tunda Fransiyaning Strasburg shahrida kikboks bo‘yicha nufuzli Glory 64 musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Olamsport” xabar berdi.

Unda o‘zbekistonlik professional kikbokschi Anvar Boynazarov ham ishtirok etdi. Mazkur jangda Anvarga mezbon sportchi Abdullah Ezbiri raqiblik qildi. Uch raundga mo‘ljallangan jang davomida raqibini ikki bora nokdaun holatiga tushirgan o‘zbekistonlik sportchi yakunda hakamlar qaroriga ko‘ra g‘olib deb topildi.

Ma’lumot uchun, Boynazarovning Glory’dagi janglari soni 8 taga yetdi. U mazkur musobaqa doirasida to‘rtta jangda g‘alaba qozongan bo‘lsa, yana shuncha jangda mag‘lubiyatga uchragan.

Ma’lumot uchun, Anvar Boynazarov faoliyati davomida 94 ta g‘alaba, 26 ta mag‘lubiyat, 2 ta durang natija qayd etgan. 53 ta jangda raqibini nokautga uchratishga muvaffaq bo‘lgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют